Koreys uslubida tayyorlangan sabzi (shuningdek, morkovcha[1][2][3]) ― toʻgʻralgan sabzi (ingichka va uzun somoncha shaklida), sarimsoq, oʻsimlik moyi va ziravorlar (masalan, koriandr) solingan salat.
Taom 1937-yilda Uzoq Sharq oʻlkalardan Qozogʻiston va Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan sovet koreyslari tomonidan yaratilgan[4][5][6][7][8]. Bu salatning paydo boʻlishiga yangi yashash joylarida koreys yaxna gazaklarini (panchxan) tayyorlash uchun mahsulotlarning yetishmasligi sabab boʻlgan. Xususan, morkovcha oʻsimlik yogʻida qovurilgan (Tarodi , Taradi yoki Toraji) qoʻngʻiroq ildizi taomiga muqobil variant boʻldi.